35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat mahallalardagi jinoyatchilikning oldini olish masalalarini o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Eskiarab va Istiqlol MFYlarda muhim infratuzilma loyihalari amalga oshirildi!
янв.21
Jarqoʻrgʻon mahallasidagi maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat murojaati ijrosi: Sertut MFYda elektr ta'minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Aholi farovonligini oshirish yo'lidagi amaliy ishlar
янв.21
Quvurboshi mahallasida "Dolzarb 40 kun" doirasidagi ishlar o‘rganildi
TUMAN HOKIMI XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATLARI HAMDA KENG JAMOATCHILIKKI MUROJAAT BILAN CHIQDI

 TUMAN HOKIMI XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATLARI HAMDA KENG JAMOATCHILIKKI MUROJAAT BILAN CHIQDI 

  

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining navbatdagi 27-sessiyasi kun tartibidagi masalalar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-iyuldagi
“2026-yil 27–28-aprel kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida hamda viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar
to‘g‘risida”gi 30-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati, tuman hokimi X.Umarov tuman Kengashi
deputatlari hamda keng jamoatchilikka murojaat bilan chiqdi.
 

  

Murojaat davomida davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati hamda ularni 2026-yil yakuniga qadar to‘liq va sifatli amalga
oshirish bo‘yicha ko‘rilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar atroflicha bayon etildi.
 

  

Xususan, hududlarga investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, inflyatsiya darajasini 6,5 foizdan oshirmaslik, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani yanada takomillashtirish,huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 3