35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
5-Povulg‘on saylov okrugi deputati Toshobod MFYda bo‘lib, mahalladagi ko‘cha boshilar bilan suhbatlashdi.
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Ma’orif MFYdagi yaroqsiz suv minorasi muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev Toshkent mahallasida “yettilik” faoliyati hamda erishlgan natijalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi tushuntirildi
янв.21
Ibin Sino MFYda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yangiarab mahallasida aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan taʼminlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
Yangiarab oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati va mavjud sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat mahallalardagi jinoyatchilikning oldini olish masalalarini o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 7-Yangiobod saylov okrugi deputati Qosim Mardonov Esanovich hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Kotibiyat bosh mutaxassisi M. Choriyeva ishtirokida hududdagi hokim yordamchisining faoliyati, fuqarolarni tadbirkorlik va daromadli mehnatga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, hokim yordamchisi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolarning bandligini ta’minlash va ularning daromad manbalarini kengaytirish maqsadida 22 nafar fuqaroga tegishli dastur asosida kredit mablag‘lari ajratilgani, shuningdek, chorvachilik yo‘nalishida 3 nafar fuqaroga kredit ajratilib, ularning xo‘jalik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashilgani ma’lum qilindi.

O‘rganish davomida ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli yo‘naltirilishi, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli davom ettirish, fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash borasidagi ishlar deputatlik nazorati asosida o‘rganib boriladi.

Slide 1 of 2