Navobaxsh ko‘chasidagi mavjud muammolar joyida o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 10-Yangiyo‘l saylov okrugi deputati R.Shamanov, Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi T.Murodov hamda Qo‘ng‘irot MFY hududida joylashgan 7 ta ko‘chadan biri bo‘lgan Navobaxsh ko‘chasida o‘rganish olib bordi.
O‘rganish jarayonida ko‘cha boshi T.Beknazarov bilan uchrashilib, hududdagi mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi. Suhbat davomida mazkur ko‘chada asfalt qoplamasining mavjud emasligi fuqarolarni qiynayotgan asosiy muammolardan biri ekani ta'kidlandi.
Shuningdek, ko‘chani asfaltlashtirish masalasi yuzasidan tegishli takliflar shakllantirilib, muammoni hal etish bo‘yicha mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish yuzasidan kelishib olindi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, uning ijrosi yuzasidan tegishli ishlar davom ettiriladi