Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va
huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-martdagi PQ-111-son hamda 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan Oltiariq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, mayor F. Raxmonovning hisoboti; Oltiariq tuman adliya bo‘limining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyotida
2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha axboroti; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oltiariq tumanidagi Xalq qabulxonasining 6 oylik faoliyati yuzasidan axboroti; Joriy yilning birinchi yarim yilligida deputatlik so‘rovlari ijrosi holati. Kun tartibidagi
barcha masalalar yuzasidan mas’ullarning axborot va hisobotlari tinglanib, tegishli tavsiya hamda qarorlar qabul qilindi.