Hududlarda olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchalari hamda tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati, belgilangan loyiha va muddatlarga rioya etilishi hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash zarurligi ta’kidlandi.