Deputat oziq-ovqat mahsulotlari narxlari monitoringini olib bordi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva hududdagi oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi va savdo jarayonlari yuzasidan monitoring o‘tkazdi.
O‘rganish davomida aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, mahsulotlar yetarliligi, savdo jarayonlarining amaldagi talablarga muvofiqligi hamda narxlarning sun’iy ravishda oshirilishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan savdo subyektlariga amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berilib, narxlar barqarorligini ta’minlash va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish masalalari deputat nazoratiga olindi.