35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Eskiarab va Istiqlol MFYlarda muhim infratuzilma loyihalari amalga oshirildi!
янв.21
Jarqoʻrgʻon mahallasidagi maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat murojaati ijrosi: Sertut MFYda elektr ta'minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Aholi farovonligini oshirish yo'lidagi amaliy ishlar
янв.21
Quvurboshi mahallasida "Dolzarb 40 kun" doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
22-Katput saylov okrugida yirik loyiha muhokamada
янв.21
Katput mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Amalga oshirilgan ishlar natijasida:
MANZILLI DASTUR IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA: PARKENT TUMANI “NEVICH” MFYDA INFRATUZILMA LOYIHALARI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 49-sonli qarori hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2026-yil 12-maydagi VII-33-56-10-0-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida Parkent tumanining “Nevich” mahalla fuqarolar yig‘inida og‘ir toifadagi mahallalarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha manzilli dastur asosida qator qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.Mazkur dastur doirasida elektr uzatish tarmoqlaridagi simyog‘ochlarni beton tayanch ustunlarga almashtirish, ichki irrigatsiya tarmoqlarini betonlash, mavjud nasos stansiyasini ta’mirlash, quyosh panellarini o‘rnatish,ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish hamda piyodalar yo‘laklarini barpo etish kabi muhim infratuzilma loyihalari belgilangan.Manzilli dastur ijrosi, qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati Xusnora Yoqubova hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Muhsiddin Nizomiddinov tomonidan hududga chiqilib, bugungi kunga qadar bajarilgan ishlar joyida ko‘zdan kechirildi.O‘rganish davomida manzilli dasturda belgilangan tadbirlarning ijro holati, bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan muddatlarga rioya
etilishi atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.Yakunda mazkur manzilli dastur doirasidagi barcha ishlarning o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirilishi hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 7