35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Eskiarab va Istiqlol MFYlarda muhim infratuzilma loyihalari amalga oshirildi!
янв.21
Jarqoʻrgʻon mahallasidagi maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat murojaati ijrosi: Sertut MFYda elektr ta'minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Aholi farovonligini oshirish yo'lidagi amaliy ishlar
янв.21
Quvurboshi mahallasida "Dolzarb 40 kun" doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
22-Katput saylov okrugida yirik loyiha muhokamada
янв.21
Katput mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Amalga oshirilgan ishlar natijasida:
DEPUTAT TOMONIDAN PARKENT TUMAN SPORT MAKTABI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 5-"Changi" saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sa’diyevna tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tuman sport maktabi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida sport maktabida, voleybol yo‘nalishida olib borilayotgan mashg‘ulotlar kuzatilib, murabbiylar, yosh sportchilar hamda mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati, to‘garaklar faoliyati va yosh sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.Deputat tomonidan sport maktabi rahbariyatiga mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, sport infratuzilmasini rivojlantirish, mashg‘ulotlar sifatini oshirish hamda yoshlarni sportga keng jalb etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi tomonidan yoshlar va bolalarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish, sohadagi mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan deputatlik nazorati ishlari izchil davom ettiriladi.  

Slide 1 of 6