35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat mahallalardagi jinoyatchilikning oldini olish masalalarini o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Eskiarab va Istiqlol MFYlarda muhim infratuzilma loyihalari amalga oshirildi!
янв.21
Jarqoʻrgʻon mahallasidagi maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat murojaati ijrosi: Sertut MFYda elektr ta'minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Aholi farovonligini oshirish yo'lidagi amaliy ishlar
янв.21
Quvurboshi mahallasida "Dolzarb 40 kun" doirasidagi ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Umarxodjayeva Shaxnoza Maxsudovna tomonidan 9-"G‘alaba" saylov okrugi "Yuqori Beshqo‘rg‘on" mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi ochiq axborot uchrashuvi o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi Mahmudov Sayfullo Xasanovich, tuman hokimligi mas’ul xodimi, "mahalla yettiligi" vakillari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Uchrashuv davomida Sh.Umarxodjayeva 2026-yilning ikkinchi choragi mobaynida amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil axborot berdi. Xususan, ushbu davrda saylovchilar bilan muntazam ochiq muloqotlar tashkil etilgani, 4 ta sayyor qabul va 6 marotaba fuqarolar qabuli o‘tkazilgani, kelib tushgan murojaatlar o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi. Zarur hollarda mas’ul idoralarga deputatlik kuzatuv xatlari yuborilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olingani qayd etildi.

📝 Kengash raisi o‘z hisobotida ikkinchi chorak davomida Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 3 ta sessiyasida hamda tegishli doimiy komissiyalar faoliyatida faol ishtirok etganini alohida ta’kidladi. Sessiyalarda hududlarni kompleks rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, kommunal infratuzilmani takomillashtirish, aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash, yoshlar bandligini oshirish, jinoyatchilik profilaktikasi va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlari hamda axborotlari muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilinganini qayd etdi.

🔎 Shuningdek, deputat tomonidan saylov okrugida amalga oshirilgan o‘rganishlar davomida mahallalardagi ichki yo‘llar holati, ko‘chalarni yoritish, elektr energiyasi, ichimlik va oqova suv tarmoqlari, obodonlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, sport maydonchalari va boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlari holati yuzasidan monitoring olib borilgani hamda aniqlangan muammolar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilayotgani haqida ma’lumot berdi.

🔺 Bundan tashqari, mahalliy budjet va "Dolzarb-90 kun" dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi ustidan deputatlik nazorati olib borilayotgani, navbatdagi sessiyalarda ko‘rib chiqiladigan masalalar joyiga chiqib o‘rganilib, fuqarolar manfaatidan kelib chiqib taklif va tavsiyalar ishlab chiqilayotgani alohida ta’kidlandi.

💬 Ochiq muloqot davomida fuqarolar murojaatlari hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida hududdagi 201-DMTT maktabgacha ta'lim tashkiloti oldida piyodalar o‘tish yo‘lagi (zebra) barpo etilishi yuzasidan taklif bildirildi. Mazkur ishlar bolalarning ta'lim muassasasiga xavfsiz qatnab kelishini ta'minlash, piyodalar xavfsizligini oshirish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, sport infratuzilmasini rivojlantirish hamda boshqa kommunal xizmatlarga oid qator masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar ishtirokida muhokamalar o‘tkazilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

✅ Xalq vakili tomonidan taqdim etilgan axborot yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinib, saylovchilar bilan muntazam ochiq muloqotlarni davom ettirish, ko‘tarilgan masalalarni tegishli idoralar bilan hamkorlikda hal etish hamda ularning ijrosini doimiy deputatlik nazoratida olib borish yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Slide 1 of 10