Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
24-Tinchlik saylov okrugida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ko'mirchi mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o'rganildi
янв.21
Hurmatli Oqbo‘yra va Qaxramon mahallalari fuqarolari!
янв.21
"Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
"Maktabgacha ta'lim va tarbiya toʻgʻrisida"gi Qonun ijrosi oʻrganildi
янв.21
24 ta tavsiyaviy savolnoma asosida Shodiyona mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat e'tiborida
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlari amalda
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida 3-sonli maktabda o'rganish ishlari olib borildi
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 26-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.

Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.Sessiyada Kengash raisi Dadamatov Faxritdin Janobovich, tuman hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich, tuman va viloyat Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.Sessiya “Parkent T. Deputatlar Kengashi” Facebook sahifasi orqali onlayn tarzda yoritib borildi.Sessiya kun tartibidan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid qator muhim masalalar o‘rin oldi. Jumladan: Parkent tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish toʻgʻrisida,Tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlash, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan mablag‘lar yo‘naltirish toʻgʻrisida, Parkent tumanidagi ayrim geografik obyektlarni qayta nomlash toʻgʻrisida, Tumanda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida 2026-yilning dastlabki besh oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘ining hisoboti eshitildi.Har bir masala bo‘yicha tegishli doimiy komissiyalar tomonidan tayyorlangan xulosalar sessiya ishtirokchilariga o‘qib eshittirildi hamda muhokama qilindi. Savol-javoblarga boy, ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
  

Slide 1 of 13