Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
24-Tinchlik saylov okrugida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ko'mirchi mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o'rganildi
янв.21
Hurmatli Oqbo‘yra va Qaxramon mahallalari fuqarolari!
янв.21
"Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
"Maktabgacha ta'lim va tarbiya toʻgʻrisida"gi Qonun ijrosi oʻrganildi
янв.21
24 ta tavsiyaviy savolnoma asosida Shodiyona mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat e'tiborida
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlari amalda
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida 3-sonli maktabda o'rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gavhar Rizayeva tomonidan Parkent tumanidagi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ishlash tizimi, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

#deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gavhar Rizayeva tomonidan Parkent tumanidagi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ishlash tizimi, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlarga qamrab olish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash holati, ularning bandligini ta’minlash va muammolarini hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Deputat yoshlar bilan bevosita muloqot o‘tkazib, ularning bandlik, ta’lim, kasb-hunar egallash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq taklif hamda muammolarini o‘rgandi. Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, yoshlarni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish va mahallada yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.

O‘rganish yakunida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va mahalladagi yoshlar siyosati ijrosini kuchaytirish bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettirilishi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook