G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
📌G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
📍 Olmazor tumani «G‘alaba» mahalla fuqarolar yig‘ini ijtimoiy xodimi N.Yo‘lchiboyeva tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarning muammolarini o‘rganish hamda ularga manzilli yordam ko‘rsatish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
📊 Amalga oshirilgan ishlar raqamlarda:
🔹 6 ta oila davlat tomonidan ijtimoiy ta’minot bilan qamrab olindi.
🔹 8 nafar fuqaro reyestrlarda turuvchi ehtiyojmand shaxslar sifatida kiyim-kechak va oziq-ovqat jamlanmalari bilan ta’minlandi.
🔹 2 nafar fuqaro salomatligini tiklash va sog‘lomlashtirish maqsadida sanatoriyga yo‘llanma olishda qo‘llab-quvvatlandi.
🔹 4 nafar fuqaroga Reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya moslamalari (RTV va POM) — ortopedik poyabzal, elektr aravacha, eshitish apparati va shu kabi ko‘rsatilgan yordam turlari bo‘yicha ko‘mak berildi.
🤝 Ijtimoiy xodim faoliyatining asosiy yo‘nalishi fuqarolarning ehtiyojlarini aniqlash, ijtimoiy xizmat va yordamlarni manzilli tashkil etish, ehtiyojmand oilalarning turmush sharoitini yaxshilash hamda ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishdan iborat.
📌 Mahallada amalga oshirilayotgan ushbu ishlar aholining ijtimoiy muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va fuqarolarning zarur yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.