“DEPUTAT DAFTARI”: YANGIOBOD MAHALLASIDA O‘RGANISH VA FUQAROLAR QABULI
🗓 2026-yil 9-oktabr kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Sulaymonova tomonidan "Deputat daftari"g quyidagilarni yozdi: Yangiobod MFY hududida ishchi guruh a’zolari bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borildi.
✅ Dastlab, ishchi guruh a’zolari bilan faoliyat rejasi muhokama qilinib, mahalladagi xonadonlar holatini o‘rganish, fuqarolar muammolarini aniqlash va ularning yechimini topish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
🏠 Xonadonbay o‘rganishlar davomida Bavatova Gulchehra hamda Saidova Sabina xonadonlarida bo‘linib, oilalarning ijtimoiy-maishiy sharoiti, mavjud ehtiyojlari va tomorqa yer maydonlaridan unumli foydalanish holati bilan tanishildi.
🗣️ Shuningdek, Yangiobod MFYda fuqarolar qabuli tashkil etilib, aholi vakillarining murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan ularni hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
👍 Asosiy maqsad — aholi muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, oilalarning ehtiyojlarini aniqlash hamda murojaatlarni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilashdan iborat.