Aholi tomorqalaridan unumli foydalanish — farovonlik omili
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X.Sulaymonova tomonidan Yangiobod MFY hududida ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
🤩 Dastlab, ishchi guruh a’zolari bilan faoliyat rejasi muhokama qilinib, mahalladagi xonadonlar holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
✅ Shuningdek, Saidova Sabina xonadonida bo‘lib, tomorqa yer maydonidan unumli foydalanish holati hamda oilaning ijtimoiy-maishiy sharoiti bilan tanishildi.
💡 O‘rganish davomida tomorqadan samarali foydalanish, undan qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlarini kengaytirish va oilaning turmush farovonligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
👍 Maqsad — har bir xonadonda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish orqali oilalar farovonligini ta’minlashga ko‘maklashish.