17-BAND IJROSI: HUDUDDAGI OBODONLASHTIRISH VA CHIQINDI MASALASI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan Tavsiyalarning 17-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
📍 Shu doirada Kengash deputati O‘tkir Shukurov tomonidan Do‘rmonsoy mahallasida hududning obodonlashtirish va sanitariya holati o‘rganildi.
✅ O‘rganish davomida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, chiqindi to‘plash maydonlarining holati, hududning tozaligi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan sanitariya xizmatlari bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
📌 Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish va hududda tozalik hamda obodonlashtirish ishlarini yaxshilash yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.
😀 Deputatlik o‘rganishlari hududlardagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimini ta’minlash va aholi uchun qulay hamda toza muhit yaratishga qaratilgan.