Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
224-SONLI MAKTABDA STADION QURILISHI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
Hazrati Imom mahallasida fuqarolar muammolari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“XASTIMOM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
Yo‘l harakati xavfsizligi va fuqarolar murojaatlari e’tiborda

 Yo‘l harakati xavfsizligi va fuqarolar murojaatlari e’tiborda
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan tuman YPX xodimi bilan birgalikda hududda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.
🚸 Suhbat davomida bolalarning ko‘chalarda harakatlanish qoidalariga rioya qilishi, o‘quvchilarning turli transport vositalaridan foydalanishida yuzaga kelayotgan muammolar hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Shuningdek, deputat tomonidan fuqarolarning uy-joy masalalari hamda farzandlarining to‘lov-kontrakt xarajatlari bilan bog‘liq murojaatlari yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazildi. Murojaatlar o‘rganilib, ularni ijobiy hal etishga ko‘maklashish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.
📒 “Deputat daftari”ga qayd etildi
2026-yil 7-oktabr kuni deputat M. Pardayev tomonidan fuqarolarning murojaatlari, hududdagi mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar “Deputat daftari”ga qayd etildi.
🤝 Aholi murojaatlarini tinglash, muammolarni joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️