Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
224-SONLI MAKTABDA STADION QURILISHI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
Hazrati Imom mahallasida fuqarolar muammolari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“XASTIMOM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
TA’LIM MUASSASASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA OSHXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Ziyokor mahallasida fuqarolar murojaatlari deputat e’tiborida
XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMANI KENGASHINING 23-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 2-oktabr kuni Yangiobod tumani hokimligi majlislar zalida Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimligi mas’ullari hamda tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.

Sessiya davomida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan qator muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” hamda “Og‘ir” toifadagi mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, hududlarda aholi muammolarini aniqlash va ularni manzilli hal etish, obodonlashtirish hamda ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash borasidagi ishlar yuzasidan tegishli hisobot taqdim etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ-468-sonli qarori ijrosi doirasida 2026-yil yanvar–avgust oylarida amalga oshirilgan ishlar, belgilangan vazifalarning bajarilishi va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Kun tartibidagi yana bir muhim masala — tumanda 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va mavsumni betalafot o‘tkazish bilan bog‘liq ishlar bo‘ldi. Mavsumga tayyorgarlik holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan hisobot berildi.

Bundan tashqari, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yilgi “Manzilli ro‘yxat”ga o‘zgartirish kiritish, shuningdek, 2026-yil 2-mavsumda “Ochiq budjet” axborot portali orqali g‘olib deb topilgan tashabbuslarni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish masalalari yuzasidan tegishli takliflar ko‘rib chiqildi.

Sessiya yakunida tumanda avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash holati ham tahlil qilinib, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga qulay transport sharoitlarini yaratish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan bildirilgan takliflar inobatga olinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiyada ko‘tarilgan masalalar hududni yanada rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta’minlash va joylardagi dolzarb muammolarni amaliy hal etishga qaratildi.

Slide 1 of 9