Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

🔥 1-sonli DMTTdagi zamonaviy isitish tizimi ko‘zdan kechirildi

 1-sonli DMTTdagi zamonaviy isitish tizimi ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov bilan birgalikda “Naymanko‘l” OFY 1-Nayman saylov okrugi hududidagi 1-sonli DMTT faoliyati bilan tanishdi.

🏫 Muassasa yaqinda rekonstruksiyadan chiqarilgani, shu jumladan, zamonaviy isitish qozonxonasi bilan jihozlangani qayd etildi. Tashrif davomida qozonxonaning holati va kuz-qish mavsumida foydalanishga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.

🌡 Mas’ullar bilan isitish tizimidan xavfsiz va samarali foydalanish, mavsum davomida uning barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 5