Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

QO‘SHTUT MAHALLASIDA GARAJLAR HOLATI O‘RGANILDI

QO‘SHTUT MAHALLASIDA GARAJLAR HOLATI O‘RGANILDI

📌 Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati, 26-Farobiy saylov okrugi deputati N. Kamalova hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U. Shopotixovlar Qoshtut mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, hududdagi garajlarning holatini o‘rgandilar.

🔎 O‘rganish davomida garajlarning saqlanish holati, hududning obodonlashtirilishi hamda mavjud muammo va kamchiliklarga e’tibor qaratildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar shakllantirildi.

🤝 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — mahalla hududidagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning qonuniy yechimini ta’minlash hamda aholi uchun qulay va obod muhit yaratishga ko‘maklashishdir.

Slide 1 of 3