Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR QAYD ETILDI

#Kengash_sessiyasi #yoshlar

YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR QAYD ETILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi sessiyasida Yoshlar ishlari agentligi Uchtepa tumani bo‘limining 2026-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi.

📊 Hisobotda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari tahlil qilindi.

✍️ Tumandagi 60 ta mahallada 75 ming 854 nafar yosh balansi shakllantirilib, 35 ming 400 nafar yosh “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi loyihalarga jalb etilgan.
✍️ 2026-yilda ta’lim muassasalarini tamomlagan 6 758 nafar yosh bilan manzilli ish olib borilib, 2 929 nafarining bandligi ta’minlangan.
✍️ Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat banklari tomonidan 16,2 mlrd. so‘mdan ortiq kredit ajratilib, 200 dan ortiq loyiha ishga tushirilgan.
✍️ Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida 184 nafar “og‘ir” toifadagi yosh mas’ul rahbarlarga biriktirildi. Natijada yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 17 taga kamaygan.
✍️ “Sog‘inch” loyihasi doirasida xorijda bo‘lgan 457 nafar yosh aniqlanib, ular bilan muntazam muloqot yo‘lga qo‘yilganligi ta'kidlandi.

Slide 1 of 4