Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
224-SONLI MAKTABDA STADION QURILISHI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
Hazrati Imom mahallasida fuqarolar muammolari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“XASTIMOM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
🔰Saylovchilar murojaatlari va takliflari – deputat e’tiborida

🔰Saylovchilar murojaatlari va takliflari – deputat e’tiborida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida “Zangi” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🏦Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot qilinib, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, taklif va tashabbuslari tinglandi. Aholi tomonidan bandlik, ijtimoiy masalalar, infratuzilmani yaxshilash hamda mahalladagi mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
🏦Deputat I. Xolov murojaatlarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi.
🏦Muloqot jarayonida fuqarolarga o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish, davlat organlariga murojaat qilish tartibi yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.
🏦Uchrashuv yakunida bildirilgan murojaat va takliflar qayd etilib, ularning ijrosi yuzasidan tegishli tartibda ish olib borish belgilandi.
👉Saylovchilar bilan bunday bevosita muloqotlar deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishi sifatida izchil davom ettiriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 4