DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI: FAOLIYAT O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D.Jabborova tomonidan biriktirilgan hududdagi 58-son “Sug‘diyona” madaniyat markazi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida madaniyat markazining aholiga, ayniqsa, yoshlar va bolalarga madaniy-ma’rifiy xizmat ko‘rsatish borasidagi faoliyati, to‘garaklar faoliyati hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish holatiga e’tibor qaratildi.
📌 Markazda ayni paytda 5 ta to‘garak faoliyat yuritib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy qobiliyat va iste’dodlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
O‘rganish jarayonida madaniyat markazini badiiy rahbari Zahiriddin Mingboyeva bilan suhbatlashilib, to‘garaklar faoliyati, ishtirokchilar qamrovi hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi bunday hamkorlik deputatlik nazoratini kuchaytirish, mavjud muammolarni aniqlash