MUNOSIB MEHNATGA — MUNOSIB E’TIROF!
💫 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh. Umarxodjayeva hamda Olmazor tumani Tashkiliy-kadrlar bo‘limi rahbari T. O'lmasov ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining fidoyi va faol deputatlariga “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
⚡️Mazkur e’tirof deputatlarning xalq manfaatlari yo‘lida olib borayotgan samarali va fidokorona faoliyatiga berilgan yuksak bahodir.
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!