MA’RIFAT KO‘CHASIDAGI YO‘L HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalardan biri — Pastdarg‘om tumani “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash uchun mablag‘ ajratish masalasidir.
Shu munosabat bilan Mirzato‘p mahallasidagi Ma’rifat ko‘chasining yo‘l holati o‘rganildi.
📍 O‘rganish davomida yo‘l qoplamasining ta’mirtalab holatda ekani aniqlandi. Mazkur masala yuzasidan Kengash deputati S.Nurmamatova ko‘chaboshi va mahalla faollari bilan uchrashib, aholining fikr-mulohazalari hamda mavjud muammolarni tingladi.
🤝 Muloqot davomida Ma’rifat ko‘chasini ta’mirlash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
📌 Aniqlangan muammo sessiya kun tartibidagi masala doirasida ko‘rib chiqilib, uni amaliy yechimga yo‘naltirish yuzasidan tegishli takliflar shakllantirilmoqda.