Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Tojiyev Doston tadbirkorlar va ishbilarmonlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda faol qatnashdi.
🤝Tadbirda tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
🇺🇿Shuningdek, hududlarda tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.
👉Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tadbirkorlar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash va ular bilan ochiq muloqotni rivojlantirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettiradi.