Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
“Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun

Mazkur Qonun yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish jarayonini tartibga soladi hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

Qonunning asosiy maqsadi — yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish jarayonida qonuniylik, adolat va shaffoflikni ta’minlash, mulkdorlarning huquqlarini kafolatlash hamda ularga yetkazilgan zararlarni belgilangan tartibda qoplashdan iborat.

Qonunga ko‘ra, yer uchastkalarini olib qo‘yish jarayonida quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilinadi:

— ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash;

— mulkdorlarga adolatli va oldindan kelishilgan kompensatsiya berish;

— mulkdorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini hurmat qilish;

— nizolar yuzaga kelgan taqdirda sud orqali himoya qilish kafolatlarini ta’minlash.

Yer uchastkasi yoki unda joylashgan ko‘chmas mulk olib qo‘yilganda mulkdorga quyidagi kompensatsiya turlari taqdim etilishi mumkin:

— bozor qiymatiga teng pul mablag‘lari;

— teng qiymatdagi boshqa ko‘chmas mulk yoki yer uchastkasi;

— ko‘chirish va boshqa zarur xarajatlarni qoplash;

— qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘qotilgan foyda uchun kompensatsiya.

Qonunda belgilangan tartibga ko‘ra, yer uchastkasi faqat tegishli kompensatsiya to‘liq berilgandan keyin olib qo‘yilishi mumkin. Bunda mulkdor oldindan yozma ravishda xabardor qilinadi, mulkning qiymatini aniqlash uchun mustaqil baholash tashkiloti jalb etiladi hamda tomonlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan taqdirda masala sud tartibida ko‘rib chiqiladi.

Mazkur Qonun fuqarolarning mulkiy huquqlarini himoya qilish, jamoat ehtiyojlari uchun amalga oshiriladigan loyihalarda adolat va qonuniylikni ta’minlash hamda mulkdorlarning manfaatlarini kafolatlashga xizmat qiladi.

Eslatma: Har bir fuqaro o‘z mulkining daxlsizligi, qonuniy manfaatlarini himoya qilish va adolatli kompensatsiya olish huquqiga ega.