Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
Xotin-qizlarga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi "Saodat" saylov okrugi deputati I.Fayzullayev tomonidan saylov okrugi tarkibidagi "S.Abdulla" mahalla fuqarolar yig‘inida "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti xodimi M.Toshboltaboyeva bilan hamkorlikda fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida mahalladagi xotin-qizlarning huquqiy muammolari tinglanib, ularni qonuniy hal etish, huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda zarur huquqiy maslahatlar berishga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Qonunda belgilangan gender tengligi tamoyillari, xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularni kamsitishning oldini olish hamda teng imkoniyatlar yaratishga oid normalar yuzasidan keng tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan oilaviy munosabatlar, mehnat huquqlari, ijtimoiy himoya, aliment, meros, bandlik va boshqa huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinib, ularga amaldagi qonunchilik asosida batafsil huquqiy tavsiyalar berildi.

Qabul davomida xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5