Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
“Yoshkuch” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 6-Mirzayon saylov okrugidan saylangan deputat G‘.Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolovlar hamkorligida “Yoshkuch” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan profilaktika inspektorining hisoboti tinglandi.
🌏Hisobot davomida mahallada jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash, profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish, aholi, ayniqsa yoshlar va xavf guruhiga kiruvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
🌏Shuningdek, deputat va ishtirokchilar tomonidan mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklar sabab va omillarini bartaraf etish, jamoatchilik bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda profilaktika ishlari samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
🌏Uchrashuv yakunida jinoyatchilikka qarshi kurashishda davlat organlari, mahalla faollari va keng jamoatchilikning hamjihatligi muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanib, bu boradagi ishlar ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilishi qayd etildi.

Slide 1 of 7