Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
FAVQULODDA VAZIYATLARDA AHOLI VA HUDUDLARNI ISHONCHLI MUHOFAZA QILISH.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi” raisi Salimboyev Xasan Dilmurodovich tomonidan Parkent tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limida o‘tkazilgan uchrashuvda Favqulodda vaziyatlar bo‘limida sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish va bu borada sohada amalga oshirilishi lozim bo'lgan masalalar xususida fikr almashilgandi.Mazkur amaliyotning davomi sifatida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Mirzayev tomonidan Parkent tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Qo‘ziboyev Iskandar bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF-185-son Farmoni “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, Kengash tomonidan ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan nazorat tadbirlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.Muloqot yakunida Parkent tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga taqdim etiladigan hisobotni Kengashda ko‘rib chiqish tartibi, hisobotni tayyorlash va taqdim etish bilan bog‘liq amaldagi talablar yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.  

Slide 1 of 4