Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
янв.21
102-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
DEPUTAT VA TUMAN HOKIMI TADBIRKORLIK LOYIHASINI BIRGALIKDA O‘RGANDILAR

DEPUTAT VA TUMAN HOKIMI TADBIRKORLIK LOYIHASINI BIRGALIKDA O‘RGANDILAR

Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputati, Furqat tumani Kengashi Kotibiyati mudiri Iftixorjon Juraev hamda Furqat tumani hokimi E.Asronkulov tomonidan Chirkay mahalla fuqarolar yig‘ini hududida amalga oshirilayotgan yirik tadbirkorlik loyihasi joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish davomida tumandagi eng yirik zamonaviy xizmat ko‘rsatish maskanlaridan biri bo‘lishi kutilayotgan «Dubai» restorani qurilish maydoni ko‘zdan kechirilib, amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari, ob’ektning tayyorgarlik darajasi, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati, loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda belgilangan muddatlarda ishlarni yakunlash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan batafsil muhokama o‘tkazildi.

Shuningdek, loyiha doirasida yaratilayotgan zamonaviy infratuzilma, tashqi va ichki bezak ishlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining holati hamda kelgusida ob’ektning aholiga ko‘rsatadigan xizmatlari va hudud iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasi yuzasidan fikr almashildi.

Deputat va tuman hokimi tadbirkor hamda qurilish ishlariga mas’ul mutaxassislar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, qurilish ishlarini tasdiqlangan grafik asosida jadallashtirish, barcha ishlarni amaldagi qurilish me’yorlari va sifat standartlari asosida olib borish, ob’ektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish hamda loyiha ishga tushirilgach yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berdilar.

Qayd etilganidek, mazkur investitsiya loyihasi nafaqat zamonaviy xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini kengaytirishga, balki hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlashga ham munosib hissa qo‘shadi.

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan investitsiya va tadbirkorlik loyihalarining borishi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda. Mahalliy ijro hokimiyati bilan hamkorlikda bunday o‘rganishlar hududlarni kompleks rivojlantirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda

Slide 1 of 1