💵Pensiya to‘lovlarini olish uchun tashrif buyurgan fuqarolarga amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar, jumladan, pensiya miqdorlarining oshirilishi hamda ushbu o‘zgarishlarni qo‘llash tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
☑️Shuningdek, pensionerlarning o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob berilib, pensiya ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar yuzasidan zarur huquqiy va amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
➡️Bunday tushuntirish ishlari fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish, pensiya tizimidagi yangiliklarni aholiga yetkazish hamda pensionerlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!