#doimiy_komissiya_qarori
QISQA MAZMUN:
2026-yil 16-iyul kuni Kogon shahar Kengashining Ijtimoiy soha bo‘yicha doimiy komissiyasida sog‘liqni saqlash dasturlarining bajarilishi va profilaktika ishlari muhokama qilindi. Tibbiyot birlashmasi rahbari O.Zaripovning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilindi.
Mahallalarda targ‘ibot ishlari davom ettirilishi, tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlash, yuqumli kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish, korrupsiyaga qarshi choralarni kuchaytirish hamda murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish vazifalari belgilandi.
Qaror ijrosi nazorati komissiya raisi D.Raximova zimmasida.
Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash