35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
"E-Kengash" platformasi faoliyatini ommalashtirish ishlari izchil davom etmoqda

"E-Kengash" platformasi faoliyatini ommalashtirish ishlari izchil davom etmoqda

🏛 Bugungi kunda davlat organlari va xalq vakillarining aholi bilan ochiq va samarali muloqotini raqamlashtirish, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonini soddalashtirish hamda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish zamon talabiga aylanib bormoqda. Shu maqsadda Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi kotibiyati tomonidan hududlarda "E-Kengash" elektron platformasi faoliyatini yanada takomillashtirish va aholining deputatlar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
✅ Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi kotibiyatining ish rejasiga muvofiq, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O. Mirzakarimov 1-A.Qodiriy saylov okrugiga qarashli Z.M.Bobur mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla faollari va fuqarolar o‘rtasida "E-Kengash" elektron platformasining imkoniyatlari yuzasidan keng tushuntirish ishlarini olib bordi.
Tadbir davomida fuqarolarga mazkur platforma orqali deputatlar qabuliga onlayn navbat olish, ariza, shikoyat va takliflarni elektron shaklda yuborish, murojaatlar ijrosi yuzasidan ma'lumotlarni kuzatib borish imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, platformadan foydalanish tartibi amaliy misollar orqali tushuntirildi.
Uchrashuv doirasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida mahallaning eng gavjum hududlaridan biri bo‘lgan "Ma'lumotlar burchagi"ga "E-Kengash" elektron platformasiga tezkor kirish imkonini beruvchi maxsus QR-kodlar joylashtirildi. Mazkur QR-kodlar orqali fuqarolar mobil qurilmalari yordamida platformaga osongina kirib, deputatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
✅Ushbu tashabbus nafaqat zamonaviy axborot texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish, balki fuqarolar va deputatlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda hududlarda mavjud muammolarni ortiqcha qog‘ozbozliksiz, tezkor va shaffof tarzda hal etishga xizmat qiladi.
✅ Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi kotibiyati tomonidan "E-Kengash" elektron platformasi imkoniyatlarini keng targ‘ib etish, fuqarolarning raqamli xizmatlardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish hamda deputatlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi

Telegram |✅ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz

Slide 1 of 3