Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
Chiqindilarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida mahallada ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazoratida: aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlik faoliyati davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif
янв.21
Olmazor tumanidagi 2-Tumanlararo Perinatal markaz faoliyati o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI VILOYAT (TUMAN, SHAHAR) KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI HAQIDA

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi kotibiyati mahalliy Kengash faoliyatini samarali tashkil etishda muhim o‘rin tutadi.

Kotibiyatning asosiy vazifalari:
mahalliy Kengash, uning doimiy komissiyalari va deputatlari faoliyatiga tashkiliy, axborot-tahliliy, texnik hamda boshqa yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi;
deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish va Kengash ishini muvofiqlashtirishga ko‘maklashadi.

Kotibiyat o‘z faoliyatida:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari;
Oliy Majlis palatalari qarorlari;
Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari;
Vazirlar Mahkamasi qarorlari;
mahalliy Kengash qarorlari hamda Nizom talablariga amal qiladi.

Kotibiyat boshqa davlat organlaridan mustaqil bo‘lib, bevosita mahalliy Kengashga bo‘ysunadi.
Oliy Majlis palatalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Kotibiyat yuridik shaxs hisoblanadi va uning faoliyati tegishli mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Kotibiyatning tuzilmasi, nizomi, shtatlar jadvali, xodimlar mehnatiga haq to‘lash miqdori, moddiy-texnika ta’minoti hamda uni saqlash xarajatlari mahalliy Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Kotibiyat O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga ega.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyati — deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish va mahalliy vakillik organlari ishining uzluksizligini ta’minlovchi muhim tuzilma hisoblanadi.