🔹Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
🤝 Yig‘ilish interfaol savol-javoblar va ochiq muloqot tarzida o‘tib, komissiya a'zolari va ishtirokchilar tomonidan mablag‘ yo‘naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar, xizmatlar sifati hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
⚡️ Yig'ilish kun tartibiga muvofiq, muhim masalalar ko'rib chiqilib, mas'ul tashkilot rahbarlarining hisobotlari komissiya raisi va a'zolari tomonidan atroflicha muhokama qilindi va ma'qullandi hamda navbatdagi sessiyaga kiritildi.