Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Hudud muammolari joyida ko‘rib chiqilib, tizimli yechimlar belgilandi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Sh.Umarxodjayeva "Shodiyona" MFY hududidagi 94-DMTT muassasida bo'ldi.
янв.21
Olmazor tumanidagi "G‘alaba" MFY hududidagi Deputat “DREAM IMPEX GROUP” MCHJ faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi delegatsiyasi Kogon shahar Kengashi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva 242-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengash raisi tomonidan mahallalardagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi “Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosini o‘rganmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati T.Shomansurov, O‘zLiDeP partiyasi Olmazor tuman Kengashi xodimi Sh.Inaganova hamda Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘ini raisi K.Qo'chqorov ishtirokida Yoshlik MFY hududida aholi murojaatlarini o‘rganish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Qurilish Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya sanoat va transport masalalari bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan joriy etilgan “Tashabbusli budjet” loyihasi aholining taklif va tashabbuslarini amalda ro‘yobga chiqarish, joylarda yashovchi fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

📍 2025-yilgi “Tashabbusli budjet”ning ikkinchi mavsumida Boyovut tumani bo‘yicha g‘olib deb topilgan loyihalardan biri — “Ijodkor” mahallasida joylashgan 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida sun’iy qoplamali, usti yopiq, yuvinish va kiyinish xonalaridan iborat mini futbol maydonini barpo etish ishlari boshlab yuborildi.

Mazkur obyekt qurilishi jarayoni tuman hokimi Niyoz Xazratkulov boshchiligida, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi hamda deputatlar ishtirokida o‘rganilib, olib borilayotgan qurilish ishlari sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 7