YOSHLAR O‘RTASIDA GIYOHVANDLIKKA QARSHI TARG‘IBOT ISHLARI OLIB BORILMOQDA
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan joylarda yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish, uning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Targ‘ibot ishlari davomida giyohvandlikning inson salomatligi, oilaviy farovonlik va jamiyat hayotiga yetkazadigan zarari tushuntirilib, yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom hayot tamoyillariga rioya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bunday targ‘ibot tadbirlari yoshlar orasida huquqiy ong va mas’uliyatni oshirish, ularni sog‘lom va faol hayotga yo‘naltirishga xizmat qiladi.