Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
17-MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YO‘RMADO‘Z MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASIDA ANIQLANGAN MUAMMO AMALIY YECHIM TOPMOQDA
янв.21
BOBUR MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDAN O‘TKAZILDI
янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA IJTIMOIY SOHA VA MADANIYAT YO‘NALISHLARIDAGI MASALALAR TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BOBUR MAHALLASIDAGI MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 14-Nurafshon saylov okrugi deputati S.Jurayeva tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALALAR YUZASIDAN DEPUTATLAR SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI

NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALALAR YUZASIDAN DEPUTATLAR SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
🤝 Aholi bilan ochiq muloqot, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishidir.
“Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
👥 Uchrashuvda mas’ul tashkilotlar vakillari -
Jumladan, Parkent tuman prokurori, adliya katta maslahatchisi Qahramon Xaydarovich Mirsagatov, Parkent tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Sultanov Anvar Abidxo‘jayevich, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i J. Yusupov, shuningdek, “Navro‘z” mahallasi  hamda maktab ma’muriyati vakillari ishtirok etdiiar.
📍 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda 17-“Bo‘rsiliq” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan  uchrashuvning asosiy maqsadi — Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan fuqarolarni xabardor qilish, tegishli yo‘nalishlarda olib borilgan o‘rganishlar natijalarini yetkazish hamda aholini qiynayotgan dolzarb muammolarni bevosita muloqot orqali aniqlashdan iboratligiga e’tibor qaratildi. .
Mas’ullar aholini navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalalar - Parkent tuman prokurorining prokuratura organlari tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti, shuningdek, Parkent tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2026-yilning to‘qqiz oyi davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti bilan tanishtirdilar.
Ushbu yo‘nalishlarda olib borilgan o‘rganishlar haqida ma’lumot berilib, fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va murojaatlari bilan chiqishga chaqirildi.
Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va ma’lumotlar berdilar.
🤝 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi aholi bilan ochiq muloqotlarni davom ettirish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va yechimini kutayotgan  masalalar yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratadi.

Slide 1 of 6