O‘rganish davomida aholi murojaatlarini qabul qilish, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni ijobiy hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosiga e’tibor qaratildi.