Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati O. Yo‘ldashova tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
📍 O‘RGANISH MANZILI:
Deputatning o‘z saylov hududidagi 21-sonli umumta’lim maktabi.
🔎 O‘RGANISH MAQSADI:
Maktabni toza va xavfsiz ichimlik suvi bilan ta’minlash holatini, mavjud sharoitlarni hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq shart-sharoitlarni o‘rganish.
💧 ASOSIY E’TIBOR:
— Ichimlik suvi ta’minotining uzluksizligi;
— Suvning tozaligi va xavfsizligi;
— O‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish;
— Mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini belgilash.