Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
17-MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YO‘RMADO‘Z MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASIDA ANIQLANGAN MUAMMO AMALIY YECHIM TOPMOQDA
янв.21
BOBUR MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDAN O‘TKAZILDI
янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA IJTIMOIY SOHA VA MADANIYAT YO‘NALISHLARIDAGI MASALALAR TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BOBUR MAHALLASIDAGI MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 14-Nurafshon saylov okrugi deputati S.Jurayeva tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş — barçamizning muqaddas burçimiz

#162_ta_eng_muhim_qonun #doimiy_komissiya_Uchtepa

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş — barçamizning muqaddas burçimiz

🗂 Özbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi ÖRQ-419-sonli “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonuni ijrosini ta’minlaş, davlat organlari faoliyatida oçiqlik va şaffoflikni mustahkamlaş maqsadida “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş — barçamizning muqaddas burçimiz” mavzusida davra suhbati taşkil etildi.

🇺🇿 Tadbir Kengaşning korrupsiyaga qarşi kuraşiş, davlat organlarida oçiqlikni ta’minlaş, huquqiy va xavfsizlik masalalari böyiça doimiy komissiyasi raisi Abduşukurov Abduraşid Abduraximoviç tomonidan seminar tarzida ötkazildi. Unda Kengaş raisi Jafar Ismanov hamda boşqa saylov okruglari deputatlari iştirok etdi.

👨‍⚖️ Davra suhbatida korrupsiyaning oldini oliş, mansabdor şaxslar mas’uliyatini oşiriş, manfaatlar töqnaşuviga yöl qöymaslik va davlat organlari faoliyatida şaffoflikni ta’minlaş masalalari muhokama qilindi. Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining rasmiy ma’lumotlariga köra, 2026-yil yanvar–sentabr oylarida prokuratura organlariga jismoniy va yuridik şaxslardan jami 264 107 ta murojaat kelib tuşgan. Şundan 157 991 tasi körib çiqilgan, 5 267 tasi esa körib çiqiş jarayonida bölgan. Uşbu körsatkiçlar fuqarolar murojaatlari bilan işlaşda mas’uliyat va samaradorlik muhimligini körsatadi.

⏫️ Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining 2026-yil birinçi çoragi böyiça ma’lumotlariga köra, Agentlikka jami 1 953 ta murojaat kelib tuşgan. Şundan 1 885 tasi körib çiqilgan, 29 ta murojaat ijobiy hal etilgan, 290 ta murojaat yuzasidan huquqiy maslahat va tuşuntirişlar berilgan, 1 378 tasi tegişliligi böyiça boşqa vazirlik va idoralarga yönaltirilgan. Murojaatlar soni 2025-yilning şu davriga nisbatan 28,1 foizga oşgan. Bu fuqarolarning muammolarni oçiq kötariş imkoniyatlari va murojaatlar bilan işlaş tizimi samaradorligini yanada oşiriş zarurligini körsatadi.

🗣 Muhokama davomida davlat organlari faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş, budjet mablağlaridan maqsadli foydalaniş, davlat xaridlarida qonuniylikni ta’minlaş hamda fuqarolarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda xolis körib çiqiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputatlar hududlarda mavjud muammolarni örganiş, aholining qonuniy manfaatlarini himoya qiliş va aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikni kuçaytiriş muhimligini ta’kidladilar.

🧠 Tadbir yakunida korrupsiyaga qarşi kuraşişda davlat organlari, xalq deputatlari va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligini rivojlantiriş, oçiqlik va hisobdorlik tamoyillariga qat’iy rioya etiş zarurligi qayd etildi. Zero, korrupsiyaga qarşi kuraşiş, fuqarolar işonçini mustahkamlaş va jamiyatda adolatni qaror toptiriş — barçamizning muqaddas burçimizdir.

Slide 1 of 6