📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan "Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiya raisi B.Toshpo‘latov tomonidan tizimli monitoring ishlari olib borildi.
🔸O‘rganish davomida shaharning Qaliya mahallasida joylashgan 4-oilaviy poliklinikada olib borilayotgan qo‘shimcha bino qurilishining holati va sifati yaqindan ko‘zdan kechirildi.
🔸Mazkur monitoring natijalari va aniqlangan masalalar hamda qurilish ishlarining sifatli yakunlanishi deputatlarning doimiy nazoratida qoladi.