Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
MADANIYAT SOHASIDAGI FAOLIYAT, YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
MADANIYAT SOHASIDA QONUNCHILIK IJROSI VA FAOLIYAT SAMARADORLIGI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
2-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR VA QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DAVLAT TILI — MILLIY O‘ZLIGIMIZ VA QONUN USTUVORLIGINING MUHIM ASOSI
янв.21
ONA TILIMIZ — MILLIY O‘ZLIGIMIZ VA MA’NAVIY QADRIYATIMIZ TIMSOLI
янв.21
AL-FARG‘ONIY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
ZUHRO MAHALLASIDA YANGI QIYOFA — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
15-ZUHRO SAYLOV OKRUGIDA CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
PERINATAL MARKAZDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
XOJIOBOD MAHALLASIDA 197-SONLI MAKTABNING YANGI, ZAMONAVIY O‘QUV BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

#162_ta_eng_muhim_qonun #deputatlik_faoliyati_Uchtepa

XOJIOBOD MAHALLASIDA 197-SONLI MAKTABNING YANGI, ZAMONAVIY O‘QUV BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

🏫 Uchtepa tumani Xojiobod mahallasida joylashgan 197-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining avvalgi binosi yaroqsiz holga kelib qolgan qismi o‘rnida barpo etilgan, 1 200 o‘rinli yangi, zamonaviy besh qavatli o‘quv binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

💼 Tadbirda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov, Uchtepa tumani hokimi Bunyod Mamadjanov, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "12-Nazarbek" saylov okrugi deputati Avaz Xudayberganov hamda boshqa mas’ul rahbarlar va mutasaddilar ishtirok etdilar.

⏫️ Yangi o‘quv binosining foydalanishga topshirilishi maktabda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish hamda pedagoglar faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🤔 O‘rganish davomida yangi binoda o‘quvchilar va pedagoglar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinfxonalarning jihozlanishi, moddiy-texnik baza, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari hamda sanitariya-maishiy sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

🗂 Shuningdek, ta’lim jarayonini belgilangan talablar asosida tashkil etish, o‘quvchilar uchun sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining ijrosi yuzasidan ham fikr almashildi.

📈 Yangi o‘quv binosining foydalanishga topshirilishi mahalladagi ta’lim infratuzilmasini yaxshilash, o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish va yosh avlodning bilim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7