“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari ajratilishi bo‘yicha masala o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni dastlabki o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🔎 Shu doirada “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish masalasi joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi. Jarayonda mas’ullar bilan suhbatlashilib, masalaga oid hujjatlar va zarur ma’lumotlar yuzasidan fikr almashildi.
📌 O‘rganish natijalari umumlashtirilib, tegishli ma’lumotlarni Kengash raisi hamda Kengash kotibiyati mudiriga taqdim etish belgilandi.
🏛 Masalalarni sessiyadan oldin puxta o‘rganish ularni har tomonlama ko‘rib chiqish va asosli qarorlar qabul qilish uchun muhim ahamiyatga ega.