O‘rganish tadbiri xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Muhiddin Abdullayev tomonidan amalga oshirildi.
Deputat maktab direktori hamrohligida muassasadagi mavjud holatni bevosita joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi. Xususan:
Sinf xonalari ko‘zdan kechirilib, o‘quvchilarning dars jarayonlaridagi ishtiroki hamda davomati tahlil qilindi;
Qozonxonalarning shayligi va isitish tizimlarining qishki mavsumga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi;
O‘quv jarayoni va infrastruktura bilan bog‘liq mavjud kamchilik va muammolar joyida muhokama qilindi.
O‘rganish davomida aniqlangan masalalar va bildirilgan takliflar deputatning "Ko‘chama-ko‘cha aylanish jurnali"ga belgilangan tartibda qayd etilib, tegishli chora-tadbirlar belgilash uchun alohida ijro nazoratiga olindi.
📌 Maqsad bitta: Ta’lim maskanida o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun qulay, issiq hamda xavfsiz sharoit yaratish!