Mevazor mahallasidagi oziq-ovqat do‘konida o‘rganish o‘tkazildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O. Yo‘ldashova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova tomonidan Mevazor mahallasida joylashgan oziq-ovqat do‘konida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹 O‘rganishdan maqsad:
oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini nazorat qilish;
mahsulotlarning yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlarini o‘rganish.
⚖️ Huquqiy asos:
O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 483-I-sonli “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni.
✅ O‘rganish davomida oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligiga oid talablar yuzasidan e’tibor qaratildi.