Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati O. Yo‘ldashova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova tomonidan Royat mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi.
🔹 Faoliyat tahlili — xotin-qizlar bilan ishlash, ularning murojaatlari va muammolarini o‘rganish holati tahlil qilindi.
🔹 Manzilli yondashuv — ijtimoiy ko‘makka muhtoj, bandligi ta’minlanmagan va qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoji bo‘lgan xotin-qizlar bilan ishlash masalalariga e’tibor qaratildi.
🔹 Amaliy tavsiyalar — mavjud muammolarni bartaraf etish, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida tegishli tavsiyalar berildi.