💡 DAVLAT DASTURI DOIRASIDA MAHALLA ICHKI KO‘CHALARI TUNGI YORITQICHLAR BILAN TA’MINLANDI
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Dosova Gulxumar Kuranbayevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Ruzmetov tomonidan davlat dasturi doirasida Asavay mahallasidagi ichki ko‘chalarga tungi yoritqich chiroqlarining o‘rnatilishi o‘rganildi.
💡 O‘rganish davomida jami 58 ta tungi yoritqich chiroq davlat budjeti mablag‘lari hisobidan xarid qilinib, mahallaning ichki ko‘chalariga to‘liq o‘rnatilgani aniqlandi.
✅ Mazkur ishlar mahalla infratuzilmasini yaxshilash, tungi vaqtda ko‘chalarning yoritilishini ta’minlash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.