📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Adolat” SDP vakili Dosova Gulxumar Kuranbayevna hamda mahallaning ijtimoiy xodimi hamkorligida Ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turuvchi fuqaroning xonadoni o‘rganildi.
🏠 O‘rganish davomida oilaning ijtimoiy ahvoli, yashash sharoiti va mavjud ehtiyojlariga e’tibor qaratildi.
🤝 Maqsad — ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash hamda tegishli yordam ko‘rsatishga ko‘maklashish.
💚 Xalq manfaatlari yo‘lida, inson qadri uchun!