📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Dosova Gulxumar Kuranbayevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov soha vakillari bilan hamkorlikda “Ayollar daftari” orqali uy-joyini ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘lar holatini o‘rgandi.
🏠 O‘rganish davomida uy-joyni ta’mirlash ishlari va ajratilgan mablag‘lardan foydalanish holatiga e’tibor qaratildi.
🤝 Maqsad — ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini o‘rganish, ijtimoiy yordamning manzilliligini ta’minlash hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash.
💚 Xalq manfaatlari yo‘lida, inson qadri uchun!